Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Ispaniya Qirolligi Senati raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
14 noyabr kuni Madrid shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligi Senati (Parlamentning yuqori palatasi) raisi birinchi o‘rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o‘rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo‘shimchalar bilan to‘ldirish hamda o‘zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
23:44 / 13.06.2026