Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari AQSh Suriyadan qay shartda chiqib ketishini aytdi
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Vashington Suriyadan Jyeneva jarayoni muvaffaqiyatga olib kelmaguniga qadar ketishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda Pentagon saytida xabar berildi.
«Biz hozirning o‘zida ketishni rejalashtirayotganimiz yo‘q, bu Jyeneva jarayoni oldinga siljisa yuz beradi. Bu hamma shu yerda qolishini anglatmaydi. Hamda ba'zi qo‘shinlar ketayotganini ham bildirmaydi. Men shunchaki biz qanday shartlar qo‘yayotganimiz haqida gapirmoqdaman», - deya aytib o‘tdi u.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Suriyadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun sharoitlarni ta'minlab berishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya va AQShni Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketish hamda inqirozga siyosiy yo‘l bilan yechim topishga bor e'tiborni qaratishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026