Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya va AQŞni Suriyadan qöşinlarni olib çiqib ketiş hamda inqirozga siyosiy yöl bilan yeçim topişga bor e'tiborni qaratişga çaqirdi.
Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp şanba kuni Suriya böyiça qöşma bayonotni Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti davomida ma'qullaşdi. Hujjatga köra, Putin va Tramp Moskva hamda Vaşington IŞID terrorçilik guruhi bilan, u butunlay tor-mor etilmaguniça kuraş olib boriş böyiça qöşma sa'y-harakatlarni davom ettirişini tasdiqladilar.
"Aytilmoqdaki, Suriya inqirozini harbiy yöl bilan hal qilib bölmaydi. Unda ular öz harbiylarini ortga qaytarişlari lozim hamda şunda inqirozning yeçimi siyosiy böladi. Keling, bu masalalarda birga işlaymiz", - deya aytib ötdi Erdöğan Putin bilan muzokaralar ötkaziş uçun Soçiga uçib ketişidan avval.
Uning qöşimça qilişiça, Turkiya AQŞ qöşinlari Iroqqa 2003 yilda bostirib kirişiga qarşi bölgan.
"Biroq ular kirişdi hamda u yerda qolmasliklarini aytişdi. Ketişdimi? Yöq. Jahon ahmoq emas. Köp holatlarda bir narsa aytiladi, boşqasi esa qilinadi, afsuski. Amerikaning Suriya şimolida beşta baza hamda boşqa mintaqalarda yana sakkizta bazasi bor – hammasi bölib 13 ta. AQŞ u yerga yetkazib bergan qurol bor. Rossiya Suriyada beşta bazaga ega. Bu köz yumib bölmaydigan narsalarni nima qiliş kerak?" – deya aytib ötdi Erdöğan.












