Jamiyat | 12:45 / 14.11.2017
11168
2 daqiqa o‘qiladi

Rishtonda qoramol o‘g‘risi qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona viloyatida Rishton tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan 3.000.000 so‘mlik qoramolni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Rishton tumani IIBga 2017 yil 12 noyabr kuni, Rishton tumani Qayrog‘och qishlog‘ida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan Q.X. ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 11 noyabrdan 12 noyabr kuniga o‘tar kechasi, noma'lum shaxs yashash uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, molxonasidan 1 bosh narxi 3.000.000 so‘mlik qoramolini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
 
Tuman hududiga tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu jinoyatni, Rishton tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi bilan sudlangan, 1987 yilda tug‘ilgan M.N. sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.N.ga nisbatan Rishton tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mavzuga oid