Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyadan Toshkentga samolyotda zotdor qoramollar yetkazildi
Boeing 747-400 yuk samolyoti Toshkentga Belgiyaning Liyej shahridan 93 tonna tirik qoramol olib keldi.
8 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida muhim yuk operatsiyasi amalga oshirildi va noyob samolyot kutib olindi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Qayd qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 1:15 da aeroportga «Air Atlanta Icelandic» aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk reysi qo‘ndi. U Toshkentga Belgiyaning Liyej shahridan 93 tonna tirik qoramol olib keldi. Samolyot bortida Germaniya va Avstriyadan keltirilgan Simmental va Golshtin zotlariga mansub sigirlar bor edi. Simmentallar sut va go‘sht ishlab chiqarishda universalligi bilan mashhur, golshtinlar esa yuqori sut sog‘imi va mahsuldorligi bilan tanilgan.


Ta’kidlanishicha, chorva mollarni bortdan tushirish va olib ketish barcha veterinariya talablariga muvofiq tezkorlik bilan amalga oshirildi. Aeroport mutaxassislari yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etdi hamda jonivorlarni havo kemasidan xavfsiz tushirish va joylashtirishni ta’minladi.


Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:16 / 26.05.2026