Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda muqaddam sudlangan ayol erkak kishini pichoqladi
2017 yilning 11 noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda, muqaddam sudlangan N.S. Yunusobod tumani hududida fuqaro A.T. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.T. yettinchi sonli shahar klinik shifoxonasiga olib borilib, unga "qorin old devor qismiga kirib boruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025