Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston xalqaro moliyaviy institutlardan yordam so‘ramoqda
Foto: Sputnik
So‘nggi ikki yilda Tojikiston banklari inqirozga ro‘baro‘ bo‘lishmoqda va Tojikiston Milliy banki bu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun xorijiy maslahatchilarni ishga jalb qilmoqchi. Bu haqda Milliy bank matbuot kotibasi Mavjuda Hasanovaga asoslanib, Sputnik-Tojikiston xabar bermoqda.
«So‘nggi ikki yilda Tojikiston banklari inqirozga ro‘baro‘ kelishgan. Milliy bank bu sohadagi muammolarni yechish uchun xorijiy maslahatchilarni jalb qilmoqchi. Bu haqda Milliy bank rahbari muovini Jamoliddin Nuraliyev Butunjahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqiyot banki vakillari bilan uchrashuvi asnosida aytib o‘tdi», — degan M.Hasanova.
Milliy bank matbuot kotibasining so‘zlariga ko‘ra, Milliy bankda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ish olib boruvchi tuzilma mavjud.
«Bizga xorijda bu borada tajribaga ega bo‘lgan maslahatchilar kerak. Biz tojik mutaxassislari xorijiy hamkasblarining tajribasini o‘rganishni taklif etdik», — deya qo‘shimcha qilganHasanova.
Uchrashuv mobaynida «Moneter mo‘ljallashuvdan inflyatsion mo‘ljallashuvga o‘tish» mavzusi ham muhokama qilingan.
O‘z navbatida, xalqaro moliya institutlari vakillari TMBning texnik yordam ko‘rsatish, jumladan, maslahatchilarni jalb qilish borasidagi iltimosini o‘rganib chiqishlarini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024