Airbus uchuvchisiz elektr samolyotni namoyish etdi
Airbus parvozlarga tayyor uchuvchisiz Vahana elektr samolyotini namoyish etdi, deb yozmoqda Engadget. Ilk sinov parvozlari kelasi yilning oxirida bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi, Biroq, bu ancha ertaroq amalga oshishi ham mumkin – 2018 yilning birinchi yarmida.
Kompaniya o‘tgan yili shahar yo‘llaridagi tirbandlik muammosini hal qilish haqida jiddiy bosh qotira boshladi. Bunda yagona variant sifatida uchar taksilar tarmog‘ini yaratish ko‘rildi: tirbandlikning ustidan uchib o‘tibgina u bilan kurashish mumkin. Loyiha CityAirbus nomini oldi. U qandaydir aniq bir uchar qurilmani emas, balki butunboshli uchuvchisiz platformani nazarda tutadi. Uning negizida esa turli qurilmalar paydo bo‘ladi. Kuni kecha CityAirbus loyihasi birinchi tayyor uchar qurilma – Vahana’ni taqdim etdi. Bunga qadar loyiha Le-Burjyedagi aviasalonda namoyish qilingandi.
Kompaniyadan aytishlaricha, bu alfa-versiya. Yakuniy qurilma umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi ehtimolga yaqin. Biroq unda hozirning o‘zidayoq asosiy yechimlar bor, ular shaharliklarning harakatlanishini yaxshilashi kerak.
Vahana birinchi navbatda VTOL—taksi sifatida loyihalashtirilgan. U parvozga vertikal holda ko‘tariladi, shuning uchun shaharda unga uchish yo‘laklari yoki qo‘nish uchun maxsus sharoitlar talab etilmaydi. Vintlar konstruksiyasi uni ixchamroq qilish imkonini berdi. Shu sababdan u avtomobildan ko‘proq o‘rinni egallamaydi. Sinovlar kelasi yilning boshida boshlanadi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish esa – 2022 yilda.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024