O‘zbekiston | 18:35 / 15.11.2017
6111
2 daqiqa o‘qiladi

Qozonda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Savdo-sanoat palatasi

15 noyabr kuni «Qozonda O‘zbekiston kunlari»ni o‘tkazish doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Kazanskaya yarmarka» ko‘rgazma markazida Tatariston Respublikasi Sanoat va savdo vazirligi, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘zbekistonlik mahsulot ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasi hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumi tashkil etildi.

O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasi «Moda va Uslub. Qozon - Kuz» 32-ixtisoslashtirilgan yengil va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi. Uning doirasida O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasining yengil, to‘qimachilik va charm sanoatining 80 dan ortiq korxonalari kollektiv ekspozitsiyani taqdim etishdi.

Foto:  Savdo-sanoat palatasi 

15 noyabr kuni esa ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari rahbarlari ishtirokida biznes-forum hamda kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.

Foto:  Savdo-sanoat palatasi 

Unda O‘zbekistonning to‘qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati hamda turizm sohalarida ishlovchi 80 dan ortiq korxonasi ishtirok etdi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid