Naqd pul bilan bog‘liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari joriy yil so‘ngiga qadar qo‘shimcha 200ta bankomatni xarid qilishi kutilmoqda.
Bu haqda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov xalqaro press-klub yig‘ilishi vaqtida xabar bergan.

«Bizda mavjud ma'lumotga ko‘ra, tijorat banklari shu masala bo‘yicha shug‘ullanmoqda, yil oxiriga borib, yana 200ta bankomat sotib olinishi belgilangan», deya uning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Markaziy Bank birinchi o‘rinbosarining aytishicha, iste'molda naqd pul bilan uchrab turgan muammolar hal qilinmoqda. Bunday yechim bankomatlarni ko‘paytirish, erkin valyuta konvertatsiyasiga to‘liq erishish, yuridik shaxslar zimmasiga qo‘yilgan majburiy valyuta savdosi bekor qilinganida ko‘rinadi.
«Banklar bu jarayonning bevosita ishtirokchisi sanaladi, Markaziy Bank ushbu vaziyatga aralashmaydi. Shuningdek, bankomatlarni ko‘paytirish katta resurs talab qilishini inobatga olish lozim: bizda bunday infratuzilma tayyor emas», deydi rais birinchi o‘rinbosari bankomatlarning respublika bo‘ylab joylashuvi haqida gapirib.
Ma'lumot uchun, ayni paytda Toshkent shahrining aholi gavjum bo‘ladigan bir necha nuqtasida «Xalq banki»ga tegishli foydalanishda bo‘lgan bankomatlar iste'molchilarga xizmat qilmoqda. Shuningdek, davlat tashkilot va idoralarining Respublika bo‘g‘inida faoliyat olib boradiganlar uchun ish joyining o‘zida ana shunday qulayliklar yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
-
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:37
Mavzuga oid

18:41
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025