Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
Markaziy bank ko‘chmas mulk bozoridagi asosiy o‘zgarishlarni tahlil qildi. 2025 yil uchun Moliyaviy barqarorlik sharhiga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy bozorida narxlar o‘sishi sezilarli darajada sekinlashgan. Shunga qaramay, bozordagi faollik pasaymagan - aksincha, uy-joy oldi-sotdi bitimlari ko‘paygan, aholining uy-joy xarid qilish imkoniyati yaxshilangan.
Sharhda qayd etilishicha, 2025 yil yakunida uy-joylarning so‘mdagi bozor narxi yillik hisobda 4,8 foizga pasaygan, AQSh dollaridagi ekvivalentda esa 1,5 foizga oshgan. Markaziy bank buni ko‘chmas mulk bozorida narxlarning tobora ko‘proq fundamental omillar asosida shakllanayotgani bilan izohlaydi.
Narxlardagi tuzatish bozorga bo‘lgan qiziqishni pasaytirmagan. Aksincha, notarial tartibda rasmiylashtirilgan turar joy oldi-sotdi shartnomalari soni 15 foizga oshib, 295,4 mingtaga yetgan. Bu uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatadi.
Regulyator bunga aholining moliyaviy imkoniyatlari kengaygani ham sabab bo‘lganini qayd etadi. Xususan, 2025 yilda nominal ish haqi 19 foizga oshgan, ipoteka kreditlari shartlarining yaxshilanishi esa uy-joy xarid qilishni yanada qulaylashtirgan.
Natijada, aholining uy-joy xarid qilish qobiliyati indeksi yil davomida 115 foizdan 126 foizgacha oshgan. Markaziy bank baholashicha, xarid qobiliyatining yaxshilangani 2025 yilda shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan uy xo‘jaliklari soni 2024 yilga nisbatan 34,7 mingtaga kamayishida ham o‘z aksini topgan.

Shu bilan birga, regulyator uy-joy bozorida talabni faqat daromadlar va ipoteka imkoniyatlari bilan izohlab bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Demografik o‘sish, yangi oilalar sonining ortishi hamda uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlayotgan asosiy omillar bo‘lib qolmoqda. Shu sababli narxlar o‘sishi sekinlashganiga qaramay, bozorda talab yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
18:36 / 05.07.2026
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
19:48 / 03.07.2026