Jahon | 23:16 / 15.11.2017
5617
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya fuqaroligini olishda qasamyod keltirish tartibini tasdiqladi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishda qasamyod keltirish tartibini tasdiqladi.

Ta'kidlanishicha, qasamyod Rossiya ichki ishlar vazirligi hududiy organlarida, Rossiya elchixonalari va konsullik idoralarida, mahalliy o‘zini boshqarish iidoralarida, tarixiy, jangovar va mehnat shon-shuhrati joylarida, Rossiya davlati ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda halok bo‘lgan jangchilar birodarlik qabrlari yonida keltirilishi mumkin.   

“Qasamyod keltiruvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib o‘qiydi, so‘ngra blankaning tegishli joyida ismi-sharifi, qasamyod keltirilgan sanani va imzoni qo‘yadi”, deb aytilgan hujjatda.

Putin oktabrda fuqarolik olayotganlardan qasamyod keltirishni talab qiluvchi Rossiya fuqaroligiga qabul qilish qarorini imzolagandi.

Iyulda Putin terrorchilik va ekstrezim uchun sudlanganlarning fuqarolik olish qarorini bekor qilishga imkon beruvchi va Rossiya fuqaroligini olishda qasamyod keltirish jarayonini joriy qiluvchi qarorni imzolagandi. Bundan tashqari, qonun ukrainaliklar uchun fuqarolik va yashashga ruxsat huquqini olishning soddalashtirilgan jarayonini joriy qilishni nazarda tutadi. 

Mavzuga oid