Light | 19:40 / 15.11.2017
80254
4 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyaning taqiqlangan suratlari (fotojamlanma)

Londonlik suratkash Maykl Xunevich Shimoliy Koreyaga bordi va u yerdan ko‘p suratlar bilan qaytdi. Faqat mahalliy qonunlarga muvofiq, ularning aksariyati taqiqlangan. Aynan shuning uchun suratlar juda katta qiziqish uyg‘otadi, zero odamlar dunyodagi eng sirli mamlakatlardan biri haqida biroz bo‘lsa-da ko‘proq ma'lumot olish imkoniga ega bo‘lishadi. Boredpanda suratkash tomonidan olingan suratlar bilan bo‘lishdi.

Suratkashni bunday rasmlar aniqlangan taqdirda, hibsga olishlari mumkinligidan ogohlantirishgan. Hattoki unga hamrohlik qilgan gid ham buncha ko‘p suratga olish mumkin emasligini aytgan.

Shunga qaramay, Maykl Xunevich katta qiyinchiliklar bilan Shimoliy Koreyadan kamyob kadrlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Pxenyanda hamma joyda harbiylarni ko‘rish mumkin.

Shimoliy Koreya (chapda) va Xitoy o‘rtasidagi farq hayratga solmasligi mumkin emas.

Bu farq ayniqsa tungi vaqtda ko‘proq seziladi.

Shimoliy Koreyaga tashrif buyursangiz, bir necha shunday shakldagi qog‘ozlarni to‘ldirishingizga to‘g‘ri keladi.

Maykl Xunevich KXDRda olgan birinchi surat. Bu poyezddan suratga tushirish taqiqlangan.

Koreyaliklar faqat mamlakat ichida, maxsus ruxsat olib sayohat qilishlari mumkin.

Koreyalik askarlar.

Pxenyanga tashrif. Suratkashga bu odmi kiyingan sayyohlar u yerda tasodifan paydo bo‘lmagandek tasavvur uyg‘ondi: bu kuni jadval bo‘yicha u kelgan poyezddan boshqa poyezdlar bo‘lmagan.

Poytaxtga tashrif buyurganlar guruhida sayyohlarning har bir qadamini kuzatgan bir necha gid bo‘lgan - hatto soat nechada uxlashga yotib, nechada turishgacha aytishgan.

Shimoliy Koreya poytaxti me'morchiligi.

Pxenyandagi balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Yangakto mehmonxonasidan ko‘rinuvchi manzara.

Mehmonxona liftida 5-qavat tugmasi yo‘q. Ungacha faqat zina orqali chiqish mumkin.

Sayyohlarning mahalliy aholi bilan muloqotiga har qanaqasiga to‘sqinlik qilinadi. Maykl Xunevichning aytishicha, restorandagi ofitsiant qizlar ularning guruhini ko‘rishi bilan biroz cho‘chishgan.

Kim Ir Sen nomli maydon - Pxenyan markazidagi eng yirik maydon, u 1954 yilda ochilgan. Bu maydonni bemalol suratga olish mumkin va hatto kerak ham...

Poytaxtda yashash huquqi imtiyoz hisoblanadi. Pxenyan aholisi hech qayerdan sotib olish mumkin bo‘lmagan maxsus nishonlarni taqib yuradi.

Haykallarni faqat bo‘y baravar suratga olish mumkin.

Mahalliy aholi uchun do‘kon. Uni ham suratga olish taqiqlangan. Sayyohlar guruhiga biriktirilgan gid Mayklni do‘konda ko‘rishi bilan tashqariga olib chiqib ketgan.

Suvenirlar.

Shaharda mashinalar deyarli yo‘q. Gidlar guruhdagi barcha sayyohlarning pasportini olib qo‘yishgan — ular buni sayyohlarning YTHga uchrash ehtimoli bilan izohlashgan.

Koreyalik ishchilar.

Sotsialistik chizgilar.

Odamlar ishga ketmoqda.

Mavzuga oid