Jahon | 22:15 / 15.11.2017
11795
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning yadroviy zarba berish haqidagi buyrug‘i bajarilmasligi mumkin – sobiq general

Foto: CC BY 2.0 / DOD photo by U.S. Navy Petty Officer 1st Class Dominique

Amerikalik harbiylar prezidentning yadroviy zarba berish haqidagi “noqonuniy buyrug‘ini” bajarmaslikka haqlidirlar. Bu haqda AQSh senatining xalqaro munosabatlar qo‘mitasidagi yig‘ilishida AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligining sobiq rahbari, iste'fodagi general Robert Keler ma'lum qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

“Harbiylar qonuniy buyruqlarga bo‘ysunishga majburlar, biroq noqonuniylarini bajarishga majburmaslar”, deb aytgan Keler. Uning aytishicha, bunday vaziyat agar strategik qo‘mondonlik Oq uy xavfning xarakteriga mos bo‘lmagan barvaqt qaror qabul qilgan deb hisoblasa, yuz berishi mumkin. 

Biroq Keler prezidentning milliy xavfsizlik borasidagi vakolatlari cheklanishiga qarshi ekanligini aytgan. Uning fikricha, bunday qadam mamlakatning mudofaa qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Ba'zi senatorlarning fikricha, prezidentning ba'zi vakolatlarini cheklash, jumladan unga bir o‘zi yadroviy zarba berish haqida qaror qabul qilishni taqiqlash zarur. Demokratik partiya a'zosi Kris Merfining tushuntirishicha, senatorlar bu borada bosh qo‘mondon Trampning “qiziqqonligi” va “o‘zgaruvchanligi”dan xavotirlanmoqdalar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid