Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglament tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Hujjat "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligiga quyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlandi va rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
"Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq umumiy texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma'lumot uchun qabul qilindi.
"O‘zstandart" agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari keng xabardor qilinishini hamda ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta'minlaydilar.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
Mazkur qarorning bajariliishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvi raisi N.Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Norqobilov hamda "O‘zstandart" agentligining bosh direktori A.Karimov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024