Jamiyat | 19:22 / 16.11.2017
13586
3 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi kollej va akademik litseylarda “Qizlarjonlar” klubi tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

Ayol kishining jamiyat va oiladagi o‘rni beqiyos. “Faqat aql-zakovatli sog‘lom onalargina komil insonlarni tarbiyalashga qodir bo‘ladi”, deganlari bejiz emas. Bugungi o‘quvchi va talaba qizlarimizni o‘zbekona qadriyatlarimiz asosida, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lib, har tomonlama mukammal ta'lim-tarbiya olishlari kelajakda o‘z samarasini beradi.

Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan 119 ta kasb-hunar kolleji hamda akademik litseylarda o‘quvchi-qizlarning kamol topishi va faolligini oshirish maqsadida “Qizlarjonlar” klubi tashkil etildi. 

Kecha Andijon shahridagi pedogogika kollejida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borish, ularning davomatini ta'minlash, turli xil salbiy holatlarning oldini olish masalalarini hal etish bo‘yicha ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlari, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, “Nuroniy” xayriya jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqining vakillari ishtirokida “O‘quvchi qizlarning har tomonlama kamol topishida “Qizlarjonlar” klubining o‘rni” mavzusida viloyat ko‘rgazmali seminari tashkil etildi. 

       
Ko‘rgazmali seminarda “Qizlarjonlar” klublarini tashkil etishga oid yo‘l-yo‘riqlar, yosh xotin-qizlarni ezgu maqsadlar sari faolligini oshirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari ta'lim muassasasining  9 ta guruhida o‘quvchi-qizlar bilan tashkil etilgan ochiq dars mashg‘ulotlarini kuzatdilar.

Seminar yakunida viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzuraxon Yunusova, viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukovlar tomonidan yuqoridagi masalalar bo‘yicha tizim xodimlari oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid