Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Malika» savdo markazidan 132 mln. so‘mlik uyali telefonlarni o‘marishga urinishdi
2017 yilning 13 noyabr kuni tungi soat taxminan 01:00 larda, muqaddam sudlangan Sh.N. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani hududidagi savdo markazida joylashgan do‘konga uning eshigi qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Shundan so‘ng mazkur do‘kondan fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan 184 dona jami bahosi 132.559.000 so‘mlik turli rusumdagi uyali aloqa telefonlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, juda ko‘p miqdorda, o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026