Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
2017 yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, qisqa vaqt davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha kompleks masalalarini yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning majlisi o‘tkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma tadbirlar ham jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi amaliy masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026