Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya «Fozil-Ota» qabristoni qorovulini imperator ordeni bilan taqdirladi
Yaponiya hukumati Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan «Fozil-Ota» qabristoni qorovuli Miroqil Fozilovni imperator ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bergan.

Xabarda ta'kidlanishicha, Fozilov «Kumush nurlarga ega chiqib kelayotgan quyosh» Ordeni bilan O‘zbekistonga yuborilgan yaponiyaliklar haqida tarixni saqlab qolish va qabristonni qo‘riqlashdagi xizmatlari uchun taqdirlangan.
75 yoshli Fozilov 40 yil davomida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Toshkentga kelib qolgan yapon fuqarolari, asosiy harbiy asirlar qabrlarini obod qilib kelgan.
Uning otasi ham yaponiyalik fuqarolar dafn etilgan qabristonda 60 yil davomida qorovul bo‘lgan, shu sababdan qabriston nomi uning sharafiga «Fozil-Ota» deb o‘zgartirilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026