Ibrahimovich va Pogba uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytmoqda
«Manchester Yunayted»ning ikki yetakchi futbolchisi, shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich va fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba jarohatdan to‘la tiklangan. Mankunianliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino matbuot anjumanida jurnalistlarga ma'lum qilishicha, ular 12-tur doirasida «Nyukasl»ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.
«Nyukasl»ga qarshi o‘yinga kimlar tayyor deysizmi? Bular Pogba, Ibrahimovich va Markos Roho», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
«Nyukasl»ga qarshi o‘yin 18 noyabr kuni «Old Trafford» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Pol Pogba mavsum boshida, 12 senyatbr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Bazel»ga qarshi o‘yinda jarohatlanib, safdan chiqqandi.
Ibrahimovich esa o‘tgan mavsumda, 20 aprel kuni Yevropa Ligasining chorak finalida «Anderlext»ga qarshi o‘yinda tizzasini jarohatlab olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. Futbolchinig shartnomasi yozda yakuniga yetgandi, avvaliga jamoa u bilan yangi shartnoma imzolamadi, ammo kuzda u yana jamoaga qo‘shib olindi.
Mavzuga oid
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024