IShID Afg‘onistondagi vaziyatni izdan chiqarmoqchi – Tojikiston mudofaa vaziri
IShID terrorchilik guruhi Afg‘onistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarib, bu davlatda mustahkamlanib olmoqchi, deb aytdi Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo.
“Oxirgi kunlardagi voqealar IShID va boshqa radikal guruhlar barcha mavjud usullardan foydalanib, Afg‘onistondagi vaziyatni izdan chiqarmoqchiligi va bu yo‘l bilan ushbu mamlakat hududida mustahkamlanib olmoqchiligidan darak bermoqda”, deb aytdi Mirzo. Mirzo bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining kollektiv kuchlari mashg‘ulotlari yopilishi marosimida aytib o‘tdi.
Uning aytishicha, Tojikiston uchun Afg‘onistonda harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishi masalasi va bu Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka qanday ta'sir qilishi dolzarb va muhim masala hisoblanadi.
“Bir qator omillar sababli kollektiv xavfsizlikka asosiy tahdidlar Afg‘oniston shimolida mujassamlanmoqda, bu yerda radikal va ekstremistik tashkilotlar va oqimlar vakillari ko‘paymoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Mirzo.
“Tojikiston qurolli kuchlari va huquq-tartibot idoralari mavjud chaqiriq va tahdidlarga munosib qarshilik ko‘rsata oladi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining kollektiv kuchlari mashg‘ulotlari “Jangovar birodarlik-2017”ning yakunlovchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda KXShTga kiruvchi barcha davlatlar (Tojikiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya) harbiy kontingentlari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarga 5 mingdan ko‘proq harbiy, 60 ta samolyot va vertolyot, 1,5 mingdan ko‘proq qurol, harbiy va maxsus texnika, jumladan “Iskander” raketa majmualari, uzoq va front aviatsiyasi samolyotlari, dronlar jalb qilingan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024