Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATO texnologiyalaridan mahrum bo‘lishi mumkin
AQSh tomoniga ko‘ra, Turkiya tomoni xarid qilayotgan harbiy texnikalar bo‘yicha aksar qarorlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
AQSh HHK qo‘mondonining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Heydi Grantning bayonot berishicha, Turkiyaning S-400 havo hujumidan himoya vositalarini xarid qilishi NATO mamlakatlari bilan harbiy-texnik hamkorlikka salbiy ta'sir etishi mumkin, deb yozmoqda Defense News.
Bunda Turkiya beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishdan bosh tortish bilan "o‘z holatini murakkablashtiradi". Uning qayd etishicha, S-400 majmualarini xarid qilish beshinchi avlod qiruvchi samolyotlaridan foydalanishda "muammoga sabab bo‘ladi".
S-400 majmualari, Heydi Grantning ta'kidlashicha, nafaqat Qo‘shma Shtatlarga tahdid soladi, balki AQShning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini xarid qilib bo‘lgan NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilarga tahdid soladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026