Jahon | 09:51 / 18.11.2017
5425
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Polshaga Patriot raketalarga qarshi majmualarini yetkazib beradi

Foto: RIA Novosti / Igor Zarembo

AQSh Polshaga 10,5 mlrd dollarlik Patriot raketalarga qarshi majmualarini yetkazadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik boshqarmasi ma'lum qildi. 

“Davlat departamenti Polshaga havo va raketa hujumiga qarshi, "3+" konfiguratsiyadagi, modernizatsiya qilingan sensorli Patriot tizimlari yetkazib berilishini ma'qullashga qaror qildi”, deyilgan xabarda.

Iyul oyi boshida Polsha va AQSh mudofaa vazirliklari Varshavaga Patriot majmualarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni imzolashgan. Ushbu hujjat imzolanishi AQSh prezidenti Donald Trampning Varshavaga tashrifi vaqtida amalga oshirilgan. Hujjatda ko‘rsatilishicha, majmualar Polshaga 2022 yilgacha yetkazib beriladi.

Avvalroq Polsha mudofaa vaziri Antoni Macherevich Polsha hukumati Patriot’ni ishlab chiqaruvchi Raytheon kompaniyasidan majmualarning ko‘zlangan muddatdan avvalroq – 2019 yilgacha yetkazib berilishi bo‘yicha taklif olganini ma'lum qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid