Moskva shahar sudida olti nafar sudlanuvchi o‘z vena qon tomirini kesib yubordi
Moskva shahar sudi sud majlisida qo‘lidagi vena qon tomirini ustara lezviyasi bilan kesib, ommaviy xudkushlik aktini ijro etishga uringan olti nafar sudlanuvchi ikki yildan buyon tergov izolyatorida saqlanib kelingani ma'lum bo‘ldi.
Voqea joyiga shifokorlar va tartib posbonlari o‘z vaqtida yetib kelishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘zini o‘ldirishga chog‘langan sudlanuvchilar Moskvaning «Tanuki» restoranida ommaviy mushtlashuv bilan bog‘liq jinoyat ishiga aloqador kimsalar bo‘lgan. Ularga nisbatan «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ikki yildan buyon tergov izolyatorida hibsda saqlanib kelgan. Sudlanuvchilar shu yo‘l bilan jinoiy ish bo‘yicha haddan ziyod uzoq tergov-surishtiruv ishlari olib borilganiga norozilik bildirishgan.
Voqea 2015 yilning 6 avgustida Lipetsk ko‘chasida joylashgan «Tanuki» restoranida bo‘lib o‘tgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, ikki gurux xo‘randalar janjallashib qolishgan. Restoran soqchisi ularga tanbeh bergach, ular ketgan, so‘ngra 25 kishi kafega qurollanib kelib, uning yaksonini chiqargan. Otishma natijasida restoran xodimlaridan biri oyog‘idan yaralangan. O‘shanda voqeaga aloqador 13 kishi qo‘lga olingan edi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi yaralagan sudlanuvchilarning hayotiga tahdid yo‘q. Barcha gumonlanuvchilarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024