Jahon | 07:07 / 18.11.2017
22342
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning korteji yo‘lida bomba qo‘yilgani haqida 60 ta yolg‘on xabar berilgan

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putin korteji yo‘lida 50 ga yaqin portlovchi qurilma qo‘yilgani haqida o‘nlab yolg‘on qo‘ng‘iroqlar olingani haqida ma'lum qildi.

“60 ga yaqin qo‘ng‘iroq olingan, ularda turli obektlarda, jumladan prezident kortejining yo‘lida va prezident  Sankt-Peterburgda tashrif buyurishi kerak bo‘lgan obektlar yonida umumiy hisobda 50 ta portlovchi qurilma qo‘yilgani haqida ma'lum qilingan”, deb aytdi Peskov.  

Xavfsizlik xizmati ushbu vaziyatda imkoni bor barcha ishni bajargan. Shu bilan birga ushbu ish ortiqcha noqulayliklarga olib kelmasligiga e'tibor qaratilgan.

Peskovning ta'kidlashicha, bu ishlar prezident jadvaliga ta'sir ko‘rsatmagan.

“Bu qo‘ng‘iroqlar xorijdan amalga oshirilgan. Hanuzgacha manba aniqlanmagan. Boshqa tomondan, erta-kechmi bu manbalar aniqlanadi, bunga shubha yo‘q. Bu telefon bezorilari, terrorchilari, ularni har qanaqasiga atash mumkin. Ertami-kechmi ular albatta topiladilar”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

Telefon orqali bombalar qo‘yilgani haqida yolg‘on xabarlar berilishi Rossiyada 11 sentabrdan boshlangan va 75 ta hududni qamrab olgan. Ikki oy ichida Rossiyaning 186 ta shaharida bomba qo‘yilgani haqida ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlar tufayli 2,3 mln kishi evakuatsiya qilingan. Birorta ham holatda tahdid tasdiqlanmagan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining baholashicha, Moskvaning o‘zida “minalashtirish” haqidagi yolg‘on xabarlardan 150 mln rubl ziyon ko‘rilgan.

Mavzuga oid