Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda biznesmen avtomobil raqamini 3 mln dollarga sotib oldi
BAAda yashovchi biznesmen Ahmad al-Marzukiy avtomobil uchun davlat raqamini 10 mln dirhamga (deyarli 3 mln dollar) sotib oldi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar bermoqda.
Avtomobillar uchun esklyuziv raqamlar sotilgan auksion Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan.

“Men 2 raqamini olishdan juda faxrlanmoqdaman va xursandman”, deb aytgan 23 yoshli biznesmen jurnalistlarga.
Auktsionda sotilgan raqamlardan tushgan 15 mln dollar pul xayriya ishlariga yo‘llanadi.
Auktsionda shuningdek “1111” raqami 12 yoshli bolaga nasib qilgan. U bu raqamni otasidan sovg‘a sifatida olgan. Sovg‘a esa 400 ming dollarga aylangan.
O‘tgan yil BAAdagi auksionda “1” avtomobil raqami 8 mln dollardan ko‘proqqa sotilgandi.
O‘zbekistonda ham auksion orqali avtomobil raqamlarini sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, 2017 yilning 14 sentabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida “chiroyli” avtoraqamni sotish bo‘yicha birinchi bitim tuzilgan. Elektron savdolar yakuniga ko‘ra, Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 so‘mga sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mni tashkil etgan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda eng qimmatga sotilgan avtomobil davlat raqami Samarqand viloyatiga tegishli yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan 30 777 AAA raqami hisoblanadi. Bu avtoraqam 301 million 654 ming 338 so‘mga xarid qilingan.
Avtoraqam uchun sarflangan bu pulga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Matiz» avtomobilidan 7ta, «Spark»dan 5ta, «Lachetti» avtomobilidan 3ta xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
22:44
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026