Jahon | 21:37 / 19.11.2017
3961
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil birinchi marta fransuz parlamentariylarining mamlakatga kirishini taqiqladi

Foto:aa.com.tr

Fransiyalik mer va parlamentariylar guruhi Isroilga tashrifini keyinga qoldirdi, bunga Isroil hukumatining falastin mahbuslari bilan ko‘rishishni taqiqlagani sabab bo‘ldi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi. 

Yetti kishidan iborat delegatsiya a'zolari tashrif doirasida Isroil qamoqxonalarida saqlanib kelayotgan Falastinning FATH harakati yetakchilaridan biri Marvan Bargutiy va fransuz-falastin faoli Salah Xomuriyni ziyorat qilishni rejalashtirishgandi. 

Delegatsiya a'zolari tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilishicha, Fransiya TIV Isroil hukumati ularning Isroil va Falastinga kirishini taqiqlaganidan xabardor qilgan va bu tashrif sanasining kechiktirilishiga sabab bo‘lgan.

Hozirgi vaziyatda delegatsiya a'zolari xavfsizligining ta'minlanishi Isroil hukumati bosimi tufayli ilojsizdir, deyishdi delegatsiya a'zolari.

"Isroil hukumatining inson huquqlarini cheklovchi qadamlari Fransiya organlari vakillariga va umuman mamlakatga nisbatan haqoratdir. Isroil hukumati birinchi marta mer va parlamentariylarning mamlakatga kirishini taqiqlamoqda. Biz Isroilning o‘ng hukumati qarorini qoralaymiz. Isroil hukumatining pozitsiyasi OAVda falastin mahbuslarining himoyasi mavzusining yoritilishiga asos bo‘lmoqda", - deyiladi bayonotda. 

Fransiya delegatsiyasi a'zolari rasmiy Parijni Isroil hukumatiga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid