Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ona bir yoshga to‘lmagan farzandini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Foto: Kun.uz
Namangan shahrida 11 noyabr 1988 yilda tug‘ilgan Aliya Bektashova (ism sharifi o‘zgartirilgan) onasining uyida ruhiyatida bo‘lgan o‘zgarish sababli yonida uxlab yotgan o‘g‘li, 2017 yilda tug‘ilgan Aslan Nikitinni (ism sharifi o‘zgartirilgan) yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Shuningdek, Aliya Bektashova shu yerda uxlab yotgan yana bir o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan Ramiz Nikitin (ism sharifi o‘zgartirilgan) bo‘yin qismiga qaychi bilan urib, so‘ng o‘zining bo‘yiniga qaychi bilan urib jarohat olgan.
Natijada Aslan Nikitin voqea joyida o‘lgan. Ramiz Nikitin kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 25-, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda 18 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilingan. Yig‘ilishda 15 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda ko‘tarilgan masalalar tahlil qilingan. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi kamchiliklar tumanlar negizida tanqidiy o‘rganildi.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026