Jahon | 09:30 / 20.11.2017
3791
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev prezident sifatida so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazadi

Foto: President.kg

Qirg‘iziston davlat rahbari Almazbek Atamboyev 20 noyabr kuni prezident sifatidagi so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iz respublikasi davlat rahbari matbuot xizmatiga asoslangan holda TASS xabar qilmoqda.
 
"Prezidentning so‘nggi matbuot anjumani Bishkekdagi "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tadi", - degan matbuot xizmati vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev davlat rahbari lavozimini egallagan 6 yil mobaynida an'anaviy ravishda yiliga ikki marta shunday anjumanni o‘tkazib kelgan. Ularning biri yoz mavsumida, ikkinchisi dekabr oyida tashkil etilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid