Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Kurdistonidagi referendum natijasi bekor qilindi
Foto:aa.com.tr
Iroq oliy federal sudi 25 sentabrda Iroq Kurdistonida o‘tgan mustaqillik referendumini konstitutsiyaga zid deb topdi va uning natijalarini bekor qilishga qaror qildi.
Ushbu referendumni o‘tkazish Iroq Kurdistoni rahbariyati tomondan bir tomonlama ravishda qabul qilingandi. Unga ko‘ra ko‘pchilik ovoz bilan mustaqillik qo‘llab-quvvatlangandi.
Referendum natijalari xalqaro hamjamiyat, jumladan mintaqadagi davlatlar tomondan ham tan olinmagan.
Shundan keyin Turkiya Iroq Kurdistoniga nisbatan bir qator cheklovlar kiritgandi, Bag‘dod esa unga qarshi kuch operatsiyasi boshlagan. Bu operatsiya natijasida Kirkuk va boshqa bahsli hududlar Iroq markaziy hukumati nazoratiga o‘tgan.
Mavzuga oid
12:43 / 13.02.2026
Shveytsariya aholi soni chegarasi bo‘yicha referendum tayyorlamoqda
21:32 / 12.02.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
23:01 / 06.11.2024