Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil turmalarida 300 nafar falastinlik bola hibsda ushlab turilibdi
Foto:aa.com.tr
Isroil turmalarida bugungi kunda 300 nafar falastinlik bola, jumladan 10 qiz hibsda ushlab turilibdi. Bu haqda 20 noyabr – Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan falastinlik mahbuslar uyushmasi ma'lum qildi.
Uyushmada ta'kidlanishicha, Falastinning o‘zida 100 bola uy qamog‘ida saqlanmoqda. Joriy yil boshidan Isroil armiyasi 1150 bola va o‘smirni qo‘lga olgan.
Bayonotda aytilishicha, Isroil bu harakatlari bilan inson huquqlarini buzmoqda. Ba'zi bolalar tungi vaqt uylaridan zo‘ravonlik bilan olib ketiladilar. “Isroilliklar ataylab bolalarni tortib oladilar. So‘ngra ularni tergov izolyatoriga olib borib, yegulik va suvsiz ushlab turadilar va tahdid qiladilar. U yerda bolalarni o‘ylab topilgan qandaydir jinoyatlarni tan olishga majbur qiladilar va qamoq jazosi yoki jarima to‘lashga hukm qiladilar”, deyilgan xabarda.
Uyushma boshlig‘i Qodir Farasning aytishicha, Al-Aqsoning intifadasi boshlangan 2000 yildan beri Isroil armiyasi tomondan 12-18 yoshda bo‘lgan 7 mingga yaqin falastinlik bola hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
09:41 / 15.04.2026