Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarani ochmasa, uni Xitoyning quchog‘iga topshirgan bo‘ladi - ekspert
Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov shu oyning oxirigacha o‘z lavozimiga kirishadi. Almazbek Atamboyevning vorisi sifatida u asosan oldingi siyosatni davom ettiradi. Prezident Ostona tomonidan kontrabandaga qarshi kurashish vaji bilan o‘tish rejimi kuchaytirilgan Qozog‘iston bilan chegara masalalarini hal etishi kerak. Aks holda Qirg‘iziston Xitoy bilan hamkorligini kuchaytirishga majbur bo‘ladi, deyishmoqda ekspertlar. Siyosatshunos Denis Berdakov «Yevraziya.Ekspert» gazetasiga bergan intervyusida saylangan yangi prezident qanday siyosat olib borishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Saylov yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston hokimiyatining oliy pog‘onalarida qanday o‘zgarishlarni kutish mumkin?
— Qandaydir [yirik] o‘zgarishlarni kutmayapman. Menimcha, hukumat tarkibi avvalgidek qoladi. Balki yangi qishloq xo‘jaligi va madaniyat vaziri tayinlanar.
Prezident nimani o‘zgartirishi mumkin? O‘zining ma'muriyatini o‘zgartirishi tayin, nazariy jihatdan kuchishlatar tuzilmalar — MXDQ, IIV, Bosh prokuratura, sudyalarni tanlash Kengashining bir qismi, Hisob palatasi rahbarlarini ham o‘zgartirishi mumkin. Lekin bu lavozimdagi shaxslarning aksariyati yaqin davrda o‘z lavozimida qolaveradi.
Atamboyev qayerga o‘tishi — bosh masala. Nazarimda, u Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasini boshqaradi. So‘nggi saylovlarda paydo bo‘lgan vaziyatlarni tahlil qilib, jamiyatda yana bo‘lish yuzaga kelgani faktini tasdiqlamasdan boshqa ilojimiz yo‘q. Agar shaxslarni hisobga olmasak, aholining bir qismi zudtar o‘zgarishlarni istamoqda, boshqalar esa shu o‘zgarishlar rivojlanishning barqaror odimlashi orqali amalga oshish tarafdori. Mamlakatga o‘zgarishlar kerak, bu shubhasiz, lekin ularni qanday sur'atlarda amalga oshirish masala bo‘lib turibdi.
Balkim Qirg‘izistonga mintaqada yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarga ergashish uchun tezroq harakat qilish kerakdir? Shuning uchun Atamboyev QSDPni kuchaytirishga e'tibor qaratadi: kundalik partiya ishlari, joylarda partiyaning yangi yacheykalarini ochish, aholi kundalik muammolarini hal qilish uchun ularni aniq ishlashini ta'minlash bilan shug‘ullanadi.
— Sooronbay Jeenbekov lavozimga kirishganidan so‘ng qanday siyosat olib boradi? Xususan, Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonga nisbatan?
— Tashqi siyosatda hech kim juz'iy o‘zgarishlar ro‘y berishini kutmayapti. Rossiya Federatsiyasi bilan ham, Xitoy bilan ham ishchi munosabatlar avvalgidek qolaveradi. Umuman olganda XXR bilan munosabatlarda ayriladigan yo‘l boshida turibmiz. Birinchi, munosabatlarni eng ehtimolli rivojlantirish yo‘li — hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Qirg‘izistonda Xitoy biznesining ravnaq topishiga xayrixoh bo‘lish, Xitoy grantlari va kreditlarini olishdan iborat.
Ikkinchi yo‘l — agar Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarani ochmasa, bu bizni Xitoy bilan yanada jipsroq integratsiya qilishga majbur qiladi.
Turli afsonayu, taxminlardan ters o‘laroq, Xitoyga Qirg‘izistonning mol o‘tkazish bozori sifatida aslo keragi yo‘q. Xitoy Qirg‘izistonni resurslarga egalish qilish nuqtai nazaridan, shisha ishlab chiqarish, po‘lat eritish kabi turli zavodlari — o‘zining ortiqcha infratuzilmasini joylashtirish maskani sifatida ko‘radi. Ular, shuningdek, turli agromajmualar tuzishga yordam berishi ham mumkin, lekin o‘z kapitali va o‘z ishchi kuchlaridan foydalanishadi.
Bunday ssenariy investitsiyalarni jalb qilishga izn beradi, biroq mamlakatda beqarorlik keltirib chiqaradi, chunki biz bu qadar «murakkab» turli-tumanliklarga tayyor emasmiz. Xitoy bilan aloqalardan daromad qilish uchun korrupsiyalashmagan hukumatga ega bo‘lishimiz lozim. Biroq bu ssenariyning amalga oshishi ehtimoli past.
Qozog‘iston bilan S.Jeenbekov barcha mavjud masalalarni hal qilishga kirishadi va o‘zining dastlabki rasmiy tashriflaridan birini ushbu davlatga amalga oshiradi.
Shuni tushunish kerak-ki, muzokaralarning eng asosiy format va trendlarini Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti va hukumatining asosiy xodimlari belgilab berishadi. Sapar Isakov esa bo‘lim boshlig‘i, keyin prezident devoni rahbari sifatida ko‘p yillar mobaynida Yevroosiyo integratsiyasiga boshchilik qilgan. U jarayonlarni chuqur tushunadi, aytish mumkinki, ko‘p yillik «institutsional xotira»ga ega. O‘ylashimcha, prezident ham shu mantiq bo‘yicha ish ko‘radi. Detallarni uning ma'muriyati aniqlab beradi va jumladan ular Yevroosiyo integratsiyasi mavzusi bo‘yicha ham ishlagan avvalgi insonlardan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026