Osmono‘par fermada yiliga 550 tonna sabzavot yetishtiriladi

Foto: Plantagon
World Food Building yiliga 13 million gallon suvni iqtisod qiladi, atmosferaga is gazi (SO2) ajralib chiqishini 1100 tonnaga kamaytiradi. O‘simliklar uchun biroz tuproq kerak bo‘ladi, minoraning uchdan ikki qismini ofislar egallaydi, deb yozadi Business Insider.
2050 yilga borib Yer kurrasining aholisi soni 9,6 mlrd. kishiga yetishi va ularning 66 foizi shaharlarda yashashi mumkin. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: buncha odamni nima bilan boqish mumkin? Shvetsiyaning vertikal fermalarda mahsulot yetishtirayotgan Plantagon kompaniyasi bu savolga javob bo‘la oladi. Ularning g‘oyasiga ko‘ra, ofis binolari va vertikal fermalar birlashtiriladi va ilk bunday loyiha tez orada Linchyoping shahrida amalga oshiriladi.
Osmono‘par ferma World Food Building deb ataladi va u gidroponik bo‘ladi, ya'ni sabzavotlar tuproqsiz, oziq moddalarga boy suv eritmalarida yetishtiriladi. Qurilish 2012 yilda boshlangan, uni 2020 yilda topshirishni mo‘ljallashmoqda, qurilish narxi 40 mln. dollarga baholanmoqda.
The World Food Building yiliga 550 tona sabzavot yetishtirish imkonini beradi bu esa 5500 kishini to‘ydirish uchun yetarli. Sabzavotlar yetishtirishda tabiiy yorug‘lik va yorug‘ diodli lampalardan foydalaniladi. Ko‘plab ishlar robotlarga yuklanadi, bu esa xarajatlarning juz'iy kamayishiga xizmat qiladi.
Agar vertikal ferma shuncha yuzaga ega oddiy dala bilan solishtirilsa, The World Food Building kamroq tuproqdan foydalanib, ko‘proq mahsulot yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari osmono‘par ferma yiliga 13 million gallon suvni iqtisod qiladi va is gazi (SO2) ajralib chiqishini 1100 tonnaga kamaytiradi.
Ferma binoning quyoshga qaragan qismida joylashtiriladi, soya tomonida esa ofislar joylashadi va u binoning uchdan ikki qismini egallaydi. Ofis zallaridan sabzavot yetishtirilayotgan maydonlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Ko‘plab qavatlarda kafe va restoranlar o‘rin oladi va ularda barra mahsulotlardan taomlar taklif etiladi. Hozirdanoq kompaniyalar shunday qavatlarni sotib olishga kirishishgan.
Osmono‘par binoda spiralsimon konveyer ham quriladi. U yuqori qavatlardagi sabzavotlarni pastga olib tushib, va aksincha, yuqoriga harakat qilib, yetishtirilayotgan mahsulotlar teng miqdorda quyosh nuridan bahra olishini ta'minlaydi. Ko‘katlar bir oyda yetiladi. Darvoqe, iste'molchilar barra va yangi uzilgan mahsulotlarni xarid qilishlari uchun binoda bozor ham ochiladi.
Ayni paytda Plantagon shunday osmono‘par fermalarni barpo etish uchun Shvetsiya, AQSh, Singapur, Hongkong va Shanghaydan buyurtmalarga ega. «Biz kelajakda an'anaviy fermerlik xo‘jaligini yuritish uchun resurslar yetishmaydigan shaharlarni qanday boqish mumkinligini amalda ko‘rsatib bermoqchimiz», — deydi kompaniya rahbari Hans Hassle.
Plantagon hali binosini qurishda davom etar ekan, Amerikaning Plenty startapi Sietl ostonasida ikkinchi vertikal fermasini topshirish arafasida. 9290 kv.m yuzaga ega angar Vashington shtatidagi Kent shaharchasida joylashgan. Fermada yiliga 2041 tonna sabzavot yetishtiriladi, yaqinda bu yerda yetishtirilgan qulupnay, pomidor, hattoki tarvuzlar ham savdoga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
The Atlantic muharriri qanday qilib Tramp jamoasining yopiq chatiga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 17:02
-
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi
Sport | 17:01
-
Yangi Chery: birdaniga 25 million so‘m foyda yoki 3 yilgacha muddatli to‘lov!
Jamiyat | 17:00
-
8 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:45
Mavzuga oid

11:46 / 25.03.2025
Yangi mahsulotlarni buzadigan kutilmagan omil ma’lum qilindi

08:52 / 09.12.2024
Chernogoriya O‘zbekiston sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari importini kengaytiradi

12:00 / 09.10.2024
Ulkan baqlajondan uzun loviyagacha. Angliyalik pensioner gigant sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha 25 marta rekord o‘rnatdi

08:53 / 04.06.2024