Internet orqali xalqaro to‘lovlarmi? Endi buning ham yechimi bor
Bugungi kunda hayotimizning har bir jabhasida tijorat banklarining internet orqali joriy etilayotgan zamonaviy interfaol xizmatlaridan foydalanib, uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson yechim topmoqda.
Buni “Agrobank” tomonidan plastik kartalar bilan ishlash tizimida zamonaviy interaktiv xizmat turlarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mazkur bank jamoasi yangidan yangi innovatsion xizmat turlarini amaliyotga tatbiq etib, mijozlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida doimo izlanishda. Bu esa albatta, o‘z samaralarini bermoqda.
Bankning konversion kartalariga ega bo‘lsangiz, internetdagi xarid uchun to‘lovni qanday amalga oshirish haqidagi savolni mutlaqo unutasiz. Endi xoh uyda, xoh ishda bo‘lsin, internet tarmog‘i ishlab tursa kifoya. Hisobni to‘ldirishning usuli ahamiyatsiz. Ya'ni buning uchun UzCARD plastik kartadagi yoki naqd pul mablag‘idan foydalanishingiz mumkin. Konversion kartaga mablag‘ni o‘tkazib, internetdagi xaridlarni AQSh dollarida to‘lash imkoniyatiga egasiz.
Shuni unutmangki, “Agrobank” jamoasi uchun eng muhimi – aholi va mijozlarga qulaylik yaratishdir.
📞 (+998 71) 202 80 08 / 11193, 11195
Agrobank yangiliklarini Telegram-kanalimizda kuzatib boring!
Mavzuga oid
19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi
15:05 / 29.04.2024
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
16:39 / 07.12.2023
Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi
08:57 / 06.10.2023