Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan armiyasi qo‘mondoni «Isroilning hujumiga tayyor turish» haqida gapirmoqda
Livan Oliy harbiy qo‘mondoni Yusuf Aun «mamlakat janubiy chegarasida Isroil askarlarining hujumiga tayyor turish» kerakligini uqtirmoqda. U bu haqda seshanba kuni Twitter'dagi mikroblogi orqali ma'lumot qoldirgan.
Mamlakat armiya Bosh qo‘mondoni qo‘l ostidagilarga «BMT tomonidan chiqarilgan 1701-son rezolyutsiya talablariga to‘la rioya etish»ni aytib, Isroil bilan chegarada askarlar sergak turishi lozimligini ta'kidlagan.
2006 yil «Hizbulloh» hamda Isroil harbiylari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvdan so‘ng, Livan armiyasi chegaradagi tinchlikni saqlashga javobgar etib tayinlangan.
Isroilning azaliy dushmani - «Hizbulloh» Suriyada hukumat tarafida kurashayotgan asosiy kuchlardan biri, Eron ko‘magida bo‘lgan shialar guruhi hisoblanadi.
Kuni kecha Qohira shahrida yig‘ilgan Arab davlatlari Ligasi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ayni vaqtdan boshlab «Hizbulloh» shialar guruhiga terrorchilik guruhi sifatida qarashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026
AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?
17:05 / 16.06.2026