Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Menga qo‘ng‘iroq qilishdi». Parijdan 76 mln. dollarga uy sotgan riyeltor Qozog‘istondan qo‘ng‘iroq haqida
Foto: Getty Images
Qozog‘iston hukumati vakiliga Parijdan 65 million yevroga uy sotgan riyeltor Sputnik Qozog‘istonga davlat tuzilmasidan bo‘lgan qo‘ng‘iroq haqida aytib berdi.
Belgiyalik broker Ignas Myuvissenning bildirishicha, unda o‘ziga rasmiy xat yubormagan kishilar bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan.
"Aytish joizki, o‘tgan hafta bizga o‘sha holat bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ildi, biz bilan ko‘plar bog‘landi. Biroq shuni ta'kidlab o‘tishim mumkinki, ma'lum bir mahkamadan menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular, mening fikrimcha, qo‘ng‘iroq qilishga haqlari yo‘q edi, sababi ulardan avvaldan xat olmagandim. Bu odamlar mening raqamimni qayerdan topishganini bilmayman. Soliq solish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoradan bir kishi qo‘ng‘iroq qildi. Ular mendan uy egasining nomini so‘rashdi. Men esa mijozning ma'lumotlarini bera olmasligim haqida aytdim", - deya aytib o‘tdi Ignas Myuvissen.
"Men Parijda nimanidir sotdim. Qozog‘istondan bo‘lgan odamga uni sotdim. Menda mijozning ismini oshkor qilmaslik huquqi bor. Qozog‘iston tuzilmalari bu haqda nimanidir bilishga haqi bor yoki yo‘qligini bilmayman. Agarda ular nimadandir shubha qilishsa, u holda dalillarga ega bo‘lishlari kerak. Biroq mening shaxsiy fikrim shundayki, qozog‘istonliklar men Qozog‘istonda nimanidir sotsam, shunda u haqda so‘rashga haqlari bor", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Myuvissen.
Brokerning fikricha, unga qo‘ng‘iroq qilgan odamlar noprofessional ish tutishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘ziga murojaat qilgan idoradan hali rasmiy maktub olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Parijdan 76 mln. dollarga uy sotib olgan hukumat vakili bo‘yicha izoh bergandi.
Mavzuga oid
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025