«Milan» yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin
Italiyaning «Milan» klubi UYeFA tomonidan sanksiyaga uchrash xavfi arafasida turibdi, deb yozmoqda Marca.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bunga milanliklarning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. O‘tgan haftada «Milan» rahbarlari UYeFAning Nondagi shtab kvartirasiga tashrif buyurgan va u yerda vaziyatni tushuntirishga va kelgusida bu kamchiliklar bartaraf etilishini aytgan, ammo bosh direktor Marko Fassone hech kimni ishontira olmagan.
UYeFA jamoaning to‘lov qobiliyati barqarorlashuviga ishonmayapti. Ayniqsa so‘nggi vaqtlarda qayd etilayotgan natijalar sababidan ham ularga bo‘lgan ishonch keskin kamaygan. Hujjatlarga ko‘ra, «Milan»ning moliyaviy hisobotlardagi barcha ijobiy ko‘rsatkichlar jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgandagina amalga oshishi mumkin. «Rossonerlar» esa ayni vaqtda bu yo‘llanmadan ancha uzoqlashib ketishgan.
Xuddi shu sababdan «Milan» sanksiyaga tushishi va jarima to‘lashdan tortib, yevrokuboklardan chetlatilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishi mumkin. Shuningdek milanliklar xo‘jayini Yonghong Lining moliyaviy firibgarligi bilan bog‘liq ishlar ochilgach vaziyat yanada murakkablashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda «Milan» Yevropa Ligasi musobaqalarida ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
13:01 / 21.01.2024
Italiyada mojaro, «Arsenal»da 5 ta gol. Yevropada kun o‘yinlari
13:23 / 14.12.2023
«PSJ» amallab o‘lim guruhidan chiqdi, «Barsa» autsayderga yutqazishni «uddaladi». YeChLda so‘nggi tur o‘yinlari
16:37 / 28.11.2023