Shveytsariyada islom dinini rasmiy din deb tan olish taklif etildi

Foto:aa.com.tr
Shveytsariya Sotsial-demokratik partiyasi boshlig‘i Kristian Levra islom dinining mamlakatda rasmiy din sifatida tan olinishini taklif qildi.
“Shveytsariyada 400 ming musulmon yashaydi, ulardan 160 mingi Shveytsariya pasportiga ega. Islom bizning davlatda mavjuddir”, deb aytgan Levra SonntagsZeitung nashriga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, bugungi kunda mamlakatda 240 taga yaqin masjid faoliyat yuritadi va ulardan ba'zilarining jamoatlari radikallashuv tendensiyasiga ega.
“Ikki tomon bir-biriga peshvoz chiqishi kerak”, deb aytgan Levra.
Siyosatchining aytishicha, uning partiyasi islomning rasmiy din sifatida tan olinishini qo‘llab-quvvatlaydi va partiyaning ba'zi a'zolari shu munosabat bilan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashmoqda.
Levra Turkiyaning diniy ishlar boshqarmasining mamlakatdagi faoliyatiga izoh berar ekan, bu boshqarma tomondan Shveytsariyadagi ba'zi masjidlarning moliyalashtirilishini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tgan.
Uning aytishicha, turk imomlari faoliyatining taqiqlanishi vujudga keladigan bo‘shliqni radikalizmni qo‘llab-quvvatlovchi vahobiylar va salafiylar egallashlariga olib kelishi mumkin.
“Shu sababli turk ta'siri afzalroqdir”, deb aytgan Levra.
Uning ta'kidlashicha, Shveytsariyada islom rasmiy din sifatida 2016 yil avgustidayoq tan olinishi kerak bo‘lgan.
“Agar islom Shveytsariyada rasmiy din deb tan olinsa, unda diniy ta'lim va diniy boshqarma xorijdagi ekstremistlar tomondan emas, balki Shveytsariya tomondan moliyalashtiriladi”, deb aytgan Levra.
Uning fikricha, bu masala batafsil ko‘rib chiqilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda

23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

09:05 / 15.04.2025
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

18:37 / 27.03.2025