Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Facebook’da onlayn darslarni tashkil etmoqda
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan tezkor zamonda barcha sohalarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ham axborot uzatish va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda. Yaqin bir yil ichida Telegram ilovasida tezkor savol-javoblar kanali ochildi. Bundan tashqari, savol-javoblar uchun maxsus sayt ishga tushirildi. Qur'oni Karim, ming bir hadis, O‘zbekistonning yetuk imom-xatiblarining ma'ruzalari va salovotlar joy olgan hamda yagona Tas-Ix tarmog‘iga joylashtirilgan sayt ham mo‘min-musulmonlarga xizmat qilmoqda: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Diniy idora tomonidan haftaning har dushanba, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari o‘zbekistonliklarning diniy ilm olish ehtiyojlarini sof islom ma'rifati asosida qondirish, ularning ishonchli manbalardan ma'lumotlar olishlarini ta'minlash maqsadida Tafsir, Aqida, Fiqh, Hadisshunoslik, Tajvid, Islom tarixi va Siyrat hamda Arab tili fanlaridan tashkil etilgan onlayn darslar ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda. Bu darslar Idoraning Youtube saytidagi sahifasiga joylanmoqda.
Darslar O‘zbekistonning taniqli ulamolari, Toshkent Islom institutining malakali o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Ushbu onlayn darslar, shuningdek, Idoraning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda. Darslar soat 14:00 va 15:30 da bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
20:00 / 28.12.2024