15:30 / 22.11.2017
6090

Abdulaziz Komilov Toshkentda AQSh Kongressmenlarini qabul qildi 

Foto: TIV

22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida bo‘lib turgan kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSh Kongressining Vakillar palatasi a'zolari guruhi bilan uchrashdi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston va AQSh munosabatlarining holati hamda istiqbollari, ikki tomon kun tartibida ijobiy tendensiyalarni qonunchilik jihatidan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

AQSh tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahrida BMT Bosh Assanbleyasining 72-sessiyasidagi va noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi dasturiy nutqlarida ifodalangan O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risida xabardor qilingan.

Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etgan.

Top