Jahon | 16:49 / 22.11.2017
5723
2 daqiqa o‘qiladi

Faza-2: Markaziy Osiyoning ekotizim xizmatlari dasturi davom ettiriladi

Foto: KUN.UZ

22 noyabr kuni Olmaota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari ekotizim xizmatlari konsepsiyasini ilgari surishga doir yakuniy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi. 

2012-2014 yillar mobaynida Norvegiya hukumati Markaziy Osiyoning atrof-muhit va kichik suv havzalaridagi suv resurslarini boshqarishda mahalliy jamoatchilikning ishtirokiga doir dasturni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlagan. Kichik transchegaraviy suv havzalarida hovuzlarni barqaror boshqarish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) Faza-2 orqali Dasturni davom ettirishga qaror qildi. 

Dasturning ikki bosqichi ham ekotizim xizmatlari (EX) tizimini baholash konsepsiyasini yo‘lga qo‘yishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi. Ekotizim xizmatlari to‘lovlari (EXT), EXni xaritalash va iqtisodiy baholash kabi jihozlarni o‘z ichiga oluvchi metodologiya Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning to‘rt ko‘chma hovuzida muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi. Bu vaqt ichida mintaqada ekotizim xizmatlardan xabardorlik darajasi sezilarli darajada o‘sdi. 

Anjumanda hovuzlar va mahalliy darajadagi yondashuvning muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, mintaqada hali qonunchilik nuqtai nazaridan muayyan cheklovlar mavjudligi ta'kidlandi. 

Yakuniy konferensiya bugunga qadar sohada erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlandi. 

Dastur natijalari CAWECOOP loyihasi konferensiyasi bilan bir vaqtda o‘tgan  eng yaxshi tajribalar ko‘rgazmasi  bilan to‘ldirildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid