Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yangi banknota muomalaga kiritildi
Qozog‘iston milliy banki raisi Daniyor Akishev 500 tenge qiymatdagi yangi banknotani taqdim qildi.
“22 noyabrdan Qozog‘istonda 500 tenge qiymatga ega, yangi dizaynli banknota muomalaga kiritildi. Yangi banknotaning dizayni kattaroq qiymatdagi banknotalar dizayniga mos keladi. Uning old tomonida “Qazaq Yelі” yodgorligi va parvoz qilayotgan kabutarlar, orqa tomonida esa Qozog‘iston xaritasi fonida Kaspiy dengizi tasvirlangan. Banknotadagi yozuv kirillchada yozilgan, chunki uni yaratish ustidagi ishlar 2015 yilda boshlangandi”, deb ma'lum qildi Akishev.
Avvalgi dizayndagi banknota ham muomalada qolaveradi va 2020 yil 20 iyunigacha qabul qilinadi, so‘ngra muomaladan chiqariladi. Markaziy bankda eski banknota tabiiy yo‘l bilan belgilangandan avvalroq muomaladan chiqariladi, deb hisoblanmoqda.
Hozirda Qozog‘istonda eng katta nominalga ega banknota 20 ming tengelik banknota hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025