O‘zbekiston | 22:31 / 22.11.2017
28683
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metropoliteni 40 yoshga to‘ldi

Foto: Kamil Enikeyev

Toshkent metropoliteni bundan 40 yil ilgari, ya'ni 1977 yil ilk bor foydalanishga topshirilgandi. Davlat arbobi Sharof Rashidovning tashabbusi bilan O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni bunyod etilishi Sovet ittifoqi davrida ancha olamshumul ish edi. Ko‘p yillik mashaqqatli mehnat samarasida 1977 yilning 7 noyabr kuni birinchi metro qat'iy jadval bo‘yicha harakatlana boshladi.

O‘zbekiston transport tizimida muhim va alohida o‘ringa ega Toshkent metropolitenida qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta'minlash va ularga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish borasida tinimsiz yangiliklar yaratiladi. Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Metropoliten 29 bekatdan iborat. Ushbu transport xizmatidan kuniga 200 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanadi.

"Novza" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"Toshkent" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"Mashinasozlar" bekati
Foto: Kamil Enikeyev

Mutaxassislar ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan muddat davomida 4 milliarddan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Toshkent metropoliteni bekatlarini loyihalashda eng malakali arxitektorlar, rassom va me'morlar ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida metropoliten chiroyli tashqi va ichki dizayn, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan vagonlar bilan ta'minlanmoqda, deb yozadi O‘zA. 

"Oybek" bekati"
Foto: Kamil Enikeyev
"Kosmonavtlar" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"G‘afur G‘ulom" bekati
Foto: Kamil Enikeyev

Aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishini inobatga olib, Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasi, Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasi barpo etish bo‘yicha bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

"Alisher Navoiy" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"O‘zbekiston" bekati
Foto: Kamil Enikeyev

Jumladan, barpo etilayotgan Sergeli yo‘nalishi avvalgilaridan farqli ravishda yer ustida harakatlanadi. Metro shaharning rivojlanish rejalari, yo‘lovchilar oqimi, turar joy mavzelari, ishlab chiqarish, savdo va dam olish maskanlari joylashuvi, muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olgan holda qurilishi rejalashtirilgan. Yo‘nalish to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Ayni paytda Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

"Chorsu" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"Tinchlik" bekati
Foto: Kamil Enikeyev
"Beruniy" bekati
Foto: Kamil Enikeyev

Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini barpo etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha bunyod etiladigan metroning umumiy uzunligi 54 kilometr bo‘lib, uning 51 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi. 2 kilometri yer ustida quriladi. Mazkur loyiha besh bosqichda amalga oshirilib, 2020 yilda to‘liq foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid