Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Lasetti” avval piyodani urib yubordi, keyin do‘konga borib urildi
2017 yil 19 noyabr kuni soat 05:00larda, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Azimov” XK do‘koni qarshisida, haydovchi – 1990 yilda tug‘ilgan erkak kishi “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, do‘konning devoriga urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Mazkur yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda – 1988 yilda tug‘ilgan erkak kishi “o‘ng boldir suyagining sinishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Haydovchi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan TTA-2 ga olib borilgan.
Mavzuga oid
11:10
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026