Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda to‘yga ketayotgan 20 kishi osma ko‘prikdan tushib ketdi
Filippindagi qishloqlardan birida to‘yga ketayotgan 20 kishi osma ko‘prikdan o‘tayotganlarida daryoga tushib ketdi. Oqibatda bir necha kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan.
Voqea Kapiz viloyatidagi Pangpang Norte qishlog‘i yaqinida yuz bergan, deb yozmoqda Daily Mail nashri. To‘yga yo‘nalayotganlar po‘lat troslarda osilib turgan, yog‘och doskalardan yasalgan ko‘prikdan o‘tayotganlarida ko‘prikning burchaklaridan biridagi tros uzilib ketgan. Buning natijasida ko‘prik bir yonga qiyshayib, odamlar suvga yiqila boshlashgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar brigadasi tezlik bilan yetib kelgan. Ta'kidlanishicha, hech kim halok bo‘lmagan, biroq 10 kishi miya chayqalishi va sinish jarohatlari bilan shifoxonaga jo‘natilganlar.
Qutqaruv xizmati vakilining aytishicha, agar daryoda suv sathi balandroq bo‘lganda, hammasi ayanchliroq tugashi ham mumkin edi. Yomg‘irlar mavsumida daryo toshqin va suv oqimi kuchli bo‘ladi.
Voqeaga ko‘prikning me'yoridan ortiq yuklanishi sabab bo‘lgan. Ko‘prik osilib turgan troslar eski va zang bosgan bo‘lgan.
Qishloq aholisi voqeadan keyin hukumatga yangi ko‘prik qurib berish iltimosi bilan murojaat qildi, chunki daryodan kechib o‘tishning boshqa usuli yo‘q. Odamlar ko‘prikda yuz bergan ko‘ngilsizlik sababli irim qilib, yangi ko‘prikning boshqa joyda qurilishini so‘rashmoqda.
Mavzuga oid
08:35 / 30.06.2026
Tarixni bog‘lab turgan ko‘priklar: dunyodagi eng qadimiy inshootlar
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026