Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo taraqqiyot banki Nepaldagi vakolatxonasiga Muxtor Xamidxonov rahbar etib tayinlandi
Muxtor Xamidxonov Osiyo taraqqiyot bankining Nepaldagi vakolatxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bundan buyon Xamidxonov OTB maqsad va vazifalarini Nepalda amalga oshirish, hukumat bilan tuzilgan Davlat hamkorlik strategiyasini muvaffaqiyatli olib borishga mas'ul hisoblanadi.
Asli o‘zbekistonlik Muxtor Xamidxonov 2001 yildan boshlab Osiyo taraqqiyot bankida faoliyat olib boradi. Shu davrgacha u muassasaning Janubiy Osiyo Energetika tarmog‘i boshqarmasida boshliq lavozimida mehnat qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida turli darajadagi lavozimlarda ishlagan.
Xamidxonov Toshkent davlat politexnika universiteti bitiruvchisi bo‘lib, keyinchalik Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida tahsil olgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025