Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ayg‘oqchi o‘simliklar yaratishmoqchi
Foto: Aijaz Rahi / Reuters
AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni “keyingi avlod razvedkasi” sifatida qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
G‘oyaga ko‘ra, o‘simliklar ma'lumotlarni yig‘ib, ularni uzatuvchi “ayg‘oqchilar” sifatida qo‘llanadi.
Harbiylar rejasiga atrofdagi sharoitlar o‘zgarishi, jumladan, muhitning kimyoviy tarkibi tebranishi yoki unda radioaktiv zarralar paydo bo‘lishiga o‘ziga xos tarzda javob beruvchi o‘simlik-datchiklarni yaratish kiradi.
Bu o‘simliklar elektromagnit to‘lqinlar, patogen mikroorganizmlar, radiatsiya, kimyoviy moddalar va minalarni aniqlash uchun qo‘llanadi.
Bunday genetik modifikatsiya qilingan organizmlarning ta'sirlashuvini masofadan turib kuzatish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislarning aytishicha, loyihaning asosiy vazifalardan biri yangi organizmlarning mahalliy o‘simliklar bilan raqobat sharoitida yaxshi yashovchanligini ta'minlash hisoblanadi.
Ayni vaqtda Pentagonda yangi texnologiyalarning rivojlantirilishi uchun javob beruvchi agentlik APT (Advanced Plant Technologies) deb nom olgan ushbu loyiha doirasida sintetik biologiya sohasida faoliyat yurituvchi olimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
09:41 / 15.04.2026