Beeline abonentlari hisobini “Yevroset” do‘konlarida komissiyasiz to‘ldirishi mumkin
Beeline va «Yevroset» Beeline O‘zbekiston abonentlarining hisoblarini to‘ldirish bo‘yicha xizmatni ishga tushirdilar. Texnologik yechimni «MOBI.Dengi» kompaniyalar guruhi taqdim etdi.
Endi «Yevroset» do‘konlarida Beeline abonentining mobil telefoni balansini komissiyasiz, tez va oson to‘ldirish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun mijoz «Yevroset» do‘konlaridan biriga murojaat etishi lozim. Hisob onlayn ravishda to‘ldiriladi.
«Xizmat chet elga safarga ko‘p chiqadigan abonentlar uchun mo‘ljallangan. Undan abonentning boshqa mamlakatda yashaydigan do‘st va yaqinlari, shuningdek, o‘z yaqinlarining hisobini to‘ldirishni istovchilar uchun foydalanishlari qulay. Bundan tashqari, telefon hisobini bir zumda to‘ldirish rouming doirasida bo‘lgan abonentlar uchun ham juda qulaydir», — deydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.