Jahon | 14:00 / 24.11.2017
10000
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbe​ «Argus – FTI»​ yadro reaktorini qaytadan ishga tushirmoqchi

Foto: Sputnik Kazaxstan

23 noyabr kuni Dushanbe shahrida ish boshlagan MDHga a'zo davlatlarning tinchlik maqsadida atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha Kengashi yig‘ilishida Tojikiston «Argus – FTI» faoliyatini tiklamoqchi ekani e'lon qilindi.

«Xovar» agentligining xabariga ko‘ra, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Farxod Rahimiy «Argus – FTI» yadro tadqiqot reaktori faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga harakatlar boshlanganini aytgan. 

«Bu dunyodagi yagona 20 kVT issiqlik quvvatiga ega, tuz minerallari bilan ishlaydigan yadro reaktori hisoblanadi. Bu turdagi reaktorlar Moskva shahridagi Kurchatovskiy instituti va Dushanbe shahrida mavjud», – deydi Rahimiy.

Olimning fikriga ko‘ra, mazkur reaktor 2020 yilga qadar fanning barcha tarmoqlari bo‘yicha to‘liq faoliyat yuritishni boshlaydi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid