«Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş Markazi tomonidan «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi» mavzusida jamoatçilik fikri sörovi ötkazildi.
Sörovning körsatişiça, özbekistonliklarning köpçiligi, ya'ni 69%i «Siz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini öqiganmisiz?» degan savolga ijobiy javobni tanladi, har uçinçi respondent Asosiy Qonunning mazmuni bilan umumiy jihatdan tanişgan. Konstitutsiyaning asosiy qoidalari haqida xabardorligini bildirgan respondentlar örtasida oliy ma'lumotli fuqarolar, harbiy xizmatçilar, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va talabalar ustunlik qiladi. Alohida ta'kidlaş joizki, köpçilik yoşlar Konstitutsiyaning mazmuni bilan yaxşi taniş ekanliklarini bildirişdi, erkaklar Konstitutsiyaning mazmuni haqida ayollarga nisbatan yaxşi xabardordir.
Tadqiqot fuqarolarga Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni bilan tanişiş uçun zarur bölgan sabablarni aniqlaşga imkon berdi. Sörov natijalarining körsatişiça, söralganlarning yarmidan köpi Konstitutsiyani öz taşabbusi bilan örgangan, çunki ular har bir fuqaro mamlakatning Asosiy Qonunini bilişi kerak, deb hisoblaşadi. Fuqarolarning uçdan bir qismdan köproği Konstitutsiyani ta'lim oliş jarayonida örgangan. Olingan natijalarga muvofiq, böş vaqt va zaruratning yöqligi fuqarolarning Konstitutsiya matni bilan tanişiş imkoniga ega bölmaganliklarining asosiy sababi hisoblanadi.
Sörov fuqarolarning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi öz tuzilişi, yönalişi böyiça ilgari Özbekiston hududida amalda bölgan Konstitutsiyalardan tubdan farq qilişi haqidagi fikrini aniqladi. Özbekistonliklarning fikriça, uning öziga xosligi şundan iboratki, Konstitutsiya mustaqil, demokratik davlat bölmiş Özbekiston Respublikasining mavjudligi holatining özidan kelib çiqadi.
Konstitutsiya birinçidan oxirgi moddasigaça, fuqarolarning fikriça, mustaqillik va demokratiya ğoyalari bilan suğorilgandir. Fuqarolar sörov jarayonida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari sohasidagi jahon hamjamiyatining yutuqlariga asoslanadi, unda jinsiga, millatiga, irqiga, yoşiga, mulkiy ahvoliga, diniy e'tiqodiga va h.k.larga boğliq holatda u yoki bu darajada inson huquqlarini kamsitadigan birorta ham modda yöq, degan fikrni bildirişdi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida demokratiyaning asos böluvçi mohiyati mustahkamlangan, unga muvofiq «xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir».
Fuqarolarning fikriça, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining umuminsoniy qoidalarga asoslanişi uning kuçli tomoni bölib hisoblanadi. Unga muvofiq inson, uning hayoti (24-modda), erkinligi va şaxsiy daxlsizligi (25-modda), şa'ni va qadri (25-modda) hamda mulk huquqi (36-modda), mehnat qiliş va haq tölanadigan dam oliş, keksalikda ijtimoiy ta'minlaniş, malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş, ta'lim oliş (37-41-moddalar) kabi ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

















